30 Mart 2024 yil 321

Qashqadaryo viloyat IIB shaxsiy tarkibi va sohaviy xizmatlari xodimlari bilan “Mirzo Ulug’bek – buyuk olim va davlat arbobi” mavzusida “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

Mavzu doirasida tadbirda so‘z olgan Xalqaro innovatsion universiteti tarix fani o’qituvchisi Shohjahon Sharipov ma’ruza qilib, yaqin yillargacha Ulug‘bek faqat astronom va matematik deb hisoblangani,  XX asr oxirida uning ijodi serqirra bo‘lib, tarix, she'riyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani haqida atroflicha ma’lumotlar berdi. Tadbirda so‘z olganlar allomaning astronomiya sohasida yaratgan tajribasi, matematika va astronomiya fanining rivojlanishga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritdi

Ma’rifat darsida IIV SHXBB Qashqadaryo viloyat bo’yicha bosharmasi O’MIB tezkor vakili podpolkovnik Qudrat Mo’minov Respublika va viloyat miqiyosida xodimlar bilan bog’liq sodir bo’lgan salbiy va favqulotda holatlar to’g’risida shaxsiy tarkibga chiqish qildi.

Tadbir so’ngida korrupsion turdagi jinoyat sodir etilishini oldini olib, zimmasiga yuklatilgan vazifalariga vijdonan yondashib, fuqarolar tomonidan pora taklif etilgani holati bo’yicha o’z vaqtida axborot berib, qonun ustuvorligini ta’minlagan xodimlar viloyat IIB rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Text to speech