Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ko‘kdala tumanida Prezident qarorining mazmun-mohiyatini mutasaddi mas’ullar va mahallalar yettiliklariga tushuntirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi
Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ko‘kdala tumanida kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklarning va jinoyatlarni oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish borasida yurtboshimiz Prezident qarorining mazmun-mohiyatini mutasaddi mas’ullar va mahallalar yettiliklariga tushuntirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal ketayotgan tumanda bo‘lgan boshqarma boshlig‘i tuman sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari mutassadilari hamda “qizil” toifadagi “Chuvilloq” mahallalar yettiligi bilan suhbatlashib, Prezidentimizning qarorini amaliyotga jadal tatbiq etish, aholi bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga kredit berish, tomorqadan unumli foydalanish, issiqxonalar barpo etish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali ish o‘rinlari yaratish lozimligini borasida ishtirokchilarga tushunchalar berdi.
O‘rganishlar doirasida “Chuvilloq” mahallasida barpo etilgan issiqxona bilan tanishib, mas’ullarga ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yoshlarga o‘rgatish va jalb etish orqali bandligini ta’minlash topshirig‘ini berdi.