24 May 2024 yil 582

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Qarshi shahrida tungi o‘rganishlar olib bordi

Voha markazi - Qarshi shahrida jamoat tartibini saqlash, osoyishtalikni mustahkamlash, kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, hududlarda tinchlikni ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil etib, bartaraf etish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov tomonidan o‘rganishlar olib borildi.
Qarshi shahar “Shodlik” mahallasining Mustaqillik va “Nasaf” ko‘chalari kesishgan chorrahada bo‘lgan boshqarma boshlig‘i hududda osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda belgilangan hududlarda xizmat o‘tayotgan tungi piyoda va avtopatrul xodimlarning biriktirilgan boshqarma sohaviy xizmatlarning hamkorlikdagi tungi xizmat jarayoni bilan tanishdi.
Boshqarma boshlig‘i hudud profilaktika inspektori bilan suhbatlashib, odamlar gavjum to‘planadigan joylar, ko‘ngilochar maskanlar, restoran va tungi klublar atrofida ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlarini xizmatini kuchaytirish, kerak bo‘lganda qo‘shimcha kuchlarni xizmatga jalb etish borasida yo‘riqnomalar berdi.
“Nasaf” ko‘chasi bo‘ylab yurib tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning qonunbuzarliklarni oldini olish borasidagi xizmatini ko‘zdan kechirib, kriminogen vaziyatni tahlil etdi.
Qarshi shahridagi aholi gavjum “Cho‘lquvar” mahallasida ham bo‘lib, profilaktika inspektorining tungi xizmat o‘tayotgani jarayonini o‘rgandi. Aholi doim gavjum bo‘ladigan bu mahallada bir qator restoran, kafe va ko‘ngilochar maskanlar bo‘lib, qonunbuzarliklar sodir etish ehtimoli yuqoriligini inobatga olgan holda fuqarolar o‘rtasida “ijtimoiy profilaktika”ni kuchaytirish lozimligi haqida rahbarlar va profilaktika inspektoriga tegishli tavsiya va yo‘riqnomalar berdi.

Text to speech