17 Aprel 2024 yil 316

Yashash joyidan uzoq muddatga ketgan hamda qaytib kelgan qashqadaryoliklar bilan migratsion profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

              O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzoq muddatga xorijga chiqib ketgan va qaytib kelgan shaxslarning hisobini yuritish sohasidagi idoralararo hamkorlikni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 27 fevral kunidagi 83-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-letenant Po‘lat Bobojonov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan, doimiy yashash joyidan ishlash va boshqa maqsadlarda chiqib ketgan va qaytib kelgan fuqarolar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlari Qashqadaryo viloyatida jadal amalga oshirilmoqda.

               Jumaladan, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida “Uzoq muddat” bo‘yicha ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va hamkor tashkilotlardan iborat  “Qo‘shma shtab”ning  “Ishchi guruh” lari doimiy  faoliyat olib bormoqda.

Mehnat migranti sifatida xorijda yurgan shaxslarning barchasi manzilli o‘rganilib, ota-onalari va boshqa yaqinlari bilan shuningdek, migrantlarning o‘zlari bilan onlayn gaplashib profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, chet eldagi yashash va ish joylariga aniqlik kiritilib, lokatsion manzillari olinib, zaruriy tavsiya va takliflar berilayotir.  

         Xorijdan qaytgan va ishga joylashgan fuqaroning intervyusi

        Shu bilan birga xorijdan qaytgan fuqarolar bilan ham  profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, bandligi  ta’minlamoqda.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech