Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shahrisabz shahrida kriminogen vaziyat tahlili, jinoyatchilikni jilovlash, sodir etilganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ko‘rgazmali taqdimot bilan tanishdi.
“Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida viloyatning barcha shahar-tumanlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish hamda ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam ko‘rsatish orqali huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bir qator shahar-tumanlarda bo‘ldi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shahrisabz shahrida kriminogen vaziyat tahlili, jinoyatchilikni jilovlash, sodir etilganlarini fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ko‘rgazmali taqdimot bilan tanishdi.
Boshqarma boshlig‘i amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etib, kelgusida kriminogen vaziyatni jilovlash borasida raqamli texnologiyalar kuzatuv kameralaridan samarali foydalanish bo‘yicha bo‘lim rahbariyatiga takliflar va ko‘rsatmalar berdi.