Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov Muborak tumanida bo‘lib, bu yerdagi yirik korxonalarda energiya tejamkor uskunalari hamda quyosh panellaridan foydalanish doirasida energiya tejamkorligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yaqindan o‘rganildi.

O‘rganishlar ko‘ra, Muborak issiqlik elektr markazining 1 gektar yer maydonida quvvati 1,2 MVtga teng fotoelektr stansiyasi ishlayotganligi, buning natijasida, mazkur “Yashil stansiya” 2024-yilning yanvar-iyul oylari davomida 721,1 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflagani ma'lum bo‘ldi.
Eng ahamiyatlisi mazkur “yashil” energiya ishlashi natijasida xuddi shu davrda 97,5 ming kubmetr tabiiy gazni tejash imkoni berilganligi alohida e'tirof etildi.
Shuningdek, Muborak GQIZda ham energiya tejamkorligi masalalari ko‘zdan kechirilib, mas'ullarga bu borada aniq dastur bo‘yicha ish faoliyatini olib borish vazifalari topshirildi.