12 Iyul 2024 yil 431

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi,Qashqadaryo viloyati hokimligi oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligidagi “Yonimizdasiz” loyihasi davomida bir guruh xotin-qizlar Shahrisabz shahriga sayohat uyishtirildi

Jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ijtimoiy himoyalash, bandligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida viloyatda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan bir guruh xotin-qizlarning Shahrisabz shahriga sayohati tashkil etildi.
Sayohatchi xotin-qizlar dastlab, “dor ut tilovat” va “dor ut saodat” majmualarini ziyorat qilishdan boshlashdi. So‘ngra, Shahrisabz shahrining Oqsaroy majmuasidagi tarixiy obidalarga sayohati qilishdi. Maqom muzeyida bo‘lgan sayohatchilar bu maskanning yaratilishi, u yerga qo‘yilgan turli yillarga talluqli musiqa asarlari haqida ma’lumotlar olishdi. Oqsaroy majmuasida takil etilgan hunarmandlar markazida bo‘lib, inson qo‘li bilan yaratilgan milliy kiyimlar jamlanmasi bilan tanishdilar.
Shahrisabz shahar Axborot-resurs markazida xotin-qizlar bilan psixologik trening o‘tkazildi.
Tadbirda Shahrisabz shahar imom-xatibi so‘zga chiqib, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ekstremistik va mutaassib guruhlar g‘oyalarining tarqalishini oldini olish, muqaddas milliy qadriyatlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tahdidlarga qarshi kurashish bugungi kun talabi ekanligi haqida ishtirokchilarga tushunchalar berdi.
Ko‘lami keng tadbirda xotin-qizlarga viloyatda o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida bank plastik kartalaridan foydalanish, kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik bo‘yicha tushunchalar berishdi.
Yakunda sayohatchilar uchun Shahrisabz shahar Madaniyat saroyi xonanda va sozandari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Bir so‘z bilan aytganda tadbir xotin-qizlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Text to speech