Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi shahar “Aralovul” MFYda yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi.
Qashqadaryo
viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov
Qarshi shahar “Aralovul” MFYda yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda har bir yosh bilan individual ravishda profilaktik suhbatlar
o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolari o‘rganildi.
O‘rganishlar
davomida uch nafar yoshlarga armiya to‘lovi, bir nafariga ta’lim
to‘lov-kontraktini to‘lab berish, bir nafariga O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi ID-kartasini davlat boji to‘lovi va bir nafariga o‘zini-o‘zi band
qilishi uchun kompyuter jamlanmasi olish kabi muammolari borligi aniqlanib,
ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq muddatlar va ijrochilar belgilanib,
ijrosi nazoratga olindi.
Shu bilan
birga, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar haqida huquqiy tushunchalar berildi.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.