Qabulda muammolar yechim topmoqda
Chiroqchi tumani Madaniyat markazida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Isroil Himmatovning tuman aholisi, jismoniy va yuridik shaxslar hamda tadbirkorlarning murojaatlari bo‘yicha Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qabulda 38 nafar fuqarolar ishtirok etib, 19 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi.
Murojaatlarning 7 tasi joyida hal etildi. Jumladan, o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat quroli, nogironlik aravachasi, eshitish apparati, Aholiga elektr energiyasi yetkazib beruvchi transformatorni tarmoqqa ulab berish haqidagi murojaatlar hamda
“Yangi qishloq” mahallasining 210 metr ko‘chasi tosh to‘kilib shag‘allashtirib berildi.
Vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 12 murojaatlar ma’sul rahbarlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabul davomida fuqarolarning viloyat IIB xodimlariga bildirilgan minnatdorchiligi ham ma’lumot uchun qabul qilindi.