O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Giyohvandlikka va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bosh qarmsi hamda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining odini olish oyligi” doirasida viloyatdagi o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida, aholi gavjum joylarda, bozorlarda, mahallalarda uchrashuvlar, profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishdi.
Tadbir doirasida o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari, viloyat OITSga qarshi kurashish bo‘limi, narkologiya bo‘limiva boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruh talaba va o‘quvchilarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilish ayanchli oqibatlarga olib kelishi xususida tushunchalar berishdi. Mutaxassis shifokorlar zahri qotilning salbiy oqibatlari, tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi, eng yomoni bu yo‘l insonni o‘limga olib borishi xususida yoshlarga keng qamrovda tushuntirishdi. Bundan tashqari giyohvand va narkotik moddalarni saqlash va tarqatish uchun qonunda qattiq jazo choralari borasidagi ham targ‘ibot ishlarini amalga oshirishdi.
Tadbir davomida o‘smir va talaba-yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks etgan hujjatli film namoyish etildi.
Keng qamrovli tadbirda viloyat ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boqarmasi patrul post xizmati bataloni xodimlariga giyohvandlik va tarkibida psixotrop moddalari bo‘lgan kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini iste’mol qilgan shaxslarning xatti-harakatlari, iste’mol qilgan shaxsning xulq atvori, giyohvandlik moddalarini saqlash joylari, sotish va yetkazish usullari kuryerlar hamda tashlandiq joylarga mijozlar olishi uchun qo‘yib ketish manzillari xususida keng tushunchalar berildi.
Bundan tashqari oliygoh guruh rahbarlariga bu borada keng qamrovli tushanchalar berildi.
Amalga oshirilayotgan tadbir doirasida markaziy shoxbekatlarda ham nazorat, ham targ‘ibot tadbilari amalga oshirildi. Jarayonda shoxbekat ishchi-xizmatchilari va poyezlarda yo‘lovchilarga bilan giyohvandlikning salbiy oqibatlari xususida tushuntirishlar berilib, og‘ufurushlikning salbiy oqibatlari va javobgarlik masalalari aks etgan bukletlar tarqatildi.
Ushbu yo‘nalishda supermarketlar, bozorlar, aholi gavjum to‘planadigan maskanlarda targ‘ibot bukletlari tarqatilib, Qarshi shahridagi markaziy ko‘chalarga o‘rnatilgan reklama monitorlarida fuqarolar, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining odini olish oyligi doirasida videoroliklar namoyish etildi.
Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida tungi xizmatga otlangan ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlariga giyohvandlik va psixotrop moddalarning savdosi va iste’moli bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning xatti-harakatlari va xulq atvori, ular o‘zlarida saqlovchi vositalar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan yo‘lovchi va haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot tashviqot ishlari amalga oshirildi.