25 Iyul 2024 yil 579

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazir o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov Qashqadaryo viloyatiga safari chog‘ida Qarshi shahar IIOFMBda bo‘lib, avvalo, ma’muriy binoda xodimlar xizmat o‘tashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, boshqarmada tashkil etilgan “So‘rovxona” bilan tanishib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va hujjatlar yuritilishini ko‘zdan kechirdi. Huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, tergov va surishtiruv o‘tkaziladigan xonalarning axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlanishini ham o‘rgandi.
Tergovchilarning xizmat xonalarida bo‘lib, ularga yanada qulaylik yaratish borasida tegishli tavsiya va takliflar berdi.
Xodimlar bilan suhbatlashib, shaxsiy tarkibning xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi, fuqarolar bilan xushmumomalada bo‘lishi Yangi O‘zbekistonning Yangi ichki ishlar organlari tizimini shakllantirishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Text to speech