Mirishkor tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish chora - tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari
A.Sayfitdinov yig‘ilishda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi “2025 yilda respublika
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini
olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-1-son qarori ijrosi holati yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar birma- bir
ko‘rib chiqilib, tanqidiy muxokama qilindi.
Shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy
kengashi yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini
tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tumandagi qizil toifaga kiruvchi Bo‘ston va
Zafar maxallalarda amalga oshirilgan ishlarni o‘rganilib, xato va kamchiliklar
yuzasidan ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi.