23 Noyabr 2024 yil 623

“Terrorizm va ekstremizm – chegara bilmas, millat tanlamas illat”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Terrorizm va ekstremizm  chegara bilmas, millat tanlamas illat” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etdi.
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan boshqarma TQX TQKB bo‘lim boshlig‘i mayor F.Muxammadiyev so‘zga chiqib, bugun terrorizm va ekstremizm dunyo afkor ommasi jiddiy xavotirga solmoqda, - dedi. - U aholining keng qatlamida vahima, qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga erishishga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Xalqaro miqyosda bu tushuncha davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda MDH Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ta’kidlanganidek, «...kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoshlarimiz va mehnat migrantlari «onlayn manqurtlashtirish» qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda».
Hozirgi paytda terrorchi va ekstremistik tashkilotlar o‘zlarining g‘arazli niyatlariga erishish uchun ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet tarmog‘idan keng foydalanmoqda. Hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarni, irodasiz, soddadil kishilarni yo‘ldan urishi natijasida ular noto‘g‘ri yo‘lga bilib-bilmay kirib qolayotir.
Xulosa shuki, terrorizm va ekstremizm dunyo aholisining tinchligi va farovonligiga rahna soluvchi illatlardir. Butun dunyo hamjamiyati ushbu yovuzlikka qarshi bir yoqadan bosh chiqargan holda, ma’rifat quroli bilan kurash olib borsagina, uning ustidan g‘alaba qozona oladi.
Tadbirda boshqarma TB YUTB katta yuriskonsulti mayor Sh.Nabiyev O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 14 noyabrdagi “Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni haqida, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori D.Turopova 1 dekabr  Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni manosabati bilan “OITS kasalligi profilaktikasi” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Text to speech