29 Mart 2023 yil 536

YPX maskanidan giyohvand modda olib oʼtayotgan transport vositasi toʼxtatib qolindi

2023 yil 28 mart kuni Muborak tumani “Shirinbuloq” YPX maskanida viloyat IIB JXX YHXB hamda viloyat IIB tezkor xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida “Qarshi-Buxoro” yo’nalishida harakatlanib kelayotgan “Nexia 1” rusumli transport vositasi shubxa ostiga olinib to’xtatib ko’zdan kechirilib, tekshirilganda transport vositasi salonida yo’lovchi sifatida kelayotgan Ko’kdal tumanida yashovchi fuqaro M.S.ning yoni ko’zdan kechirilganda uning yonidan oq rangli selofan paketda o’ralgan yashil rangli o’tkir xidli o’simlik quritmasi hamda muzqaymoq qog’oziga o’ralgan o’tkir xidli yashil rangli o’simlik quritmasi borligi aniqlanib tegishli tartibda xolislar ishtirokida qonuniy tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech