Jaholatga qarshi ma'rifat bilan!
Joriy yilning 14-mart kuni Qarshi davlat universitetida
"Jaholatga qarshi ma’rifat bilan" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda
Qashqadaryo viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi mas’ul
xodimlari F.Muhammadiyev, M.G‘ofurov, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, Ma’naviy
va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov, Yoshlar bilan
ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Pardaqulov, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va
talabalar ishtirok etdi.
Muloqotda dunyoning turli mintaqalarida ro‘y
berayotgan, mafkuraviy kurashlar keskin tus olayotgan bir davrda fikrga qarshi
- fikr, g‘oyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi faqatgina ma’rifat bilan
kurashish zarurligi, axborot xurujlaridan ogoh bo‘lish, turli yot g‘oyalar
ta’siriga tushib qolmaslik, Islom - insonparvarlik va bag‘rikenglik dini ekani,
Ona vatanimizni asrab-avaylash, doimo ogoh va hushyor yashash lozimligi
urg‘ulandi. Tadbir davomida tinchlikni qadriga yetish va jaholatga qarshi
kurashishni targ‘ib etuvchi videofilm namoyish etildi.