MEHMONXONALAR FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
Qarshi shahar IIO FMBda Qashqadaryo viloyati IIB M va FRB , Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshqarmasi, shahar M va FRB masʼul xodimlari ishtirokida Qarshi shahrida faoliyat koʼrsatib kelayotgan joylashtirish vositalari (mehmonhona, xostel va davolash muassasalari) rahbarlari hamda ishchi xodimlari ishtirokida 2022 yilni oʼtgan davrida “Pasport-viza” tizimi qoidalariga roiya qilish holati yuzasidan aniqlangan xato va kamchiliklar hamda sodir qilingan huquqbuzarliklar tafsilotlari muhokama qilindi.
-Mehmonxona ishchi xizmatchilarini huquqiy bilimini hamda xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilish maqsadida ularni qayta oʼqitish va malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yigʼilishda joylashtirish vositalari (mehmonxona,xostel va davolash muassasalari) rahbarlari va ishchi xodimlariga amaldagi qonun va qaror talablariga ogʼishmay amal qilgan holda xizmat vazifalarini vijdonan va sidqidildan bajarishlari yuzasidan rasmiy ravishda ogohlantirish berildi.
Yakunda yigʼilish qatnashchilarini tegishli taklif va mulohazalari eshitilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.