HASHAR – ELGA YARASHAR
Yurtimizda bahor nafasi ufurib turgan ana shunday kezlarda
atrof-tevarakni obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, daraxtlarga shakl, yerga
ishlov berish ishlar avj oladi. Chunki, bugungi harakat, ertangi barakat, Birni
kessang, o‘nni ek, deya ota-bobolarimiz bejizga aytishmagan.
Ana shunday ishlarning debochasi sifatida mamlakatimizda
Navro‘z olam bayrami arafasida hashar ishlari boshlandi. Boshqa hududlarda
bo‘lgani kabi Qashqadaryo viloyatida ham hashar ishlar jadal olib borildi.
Jumladan, viloyat Ichki ishlar organlari tarkibiy bo‘limlari va sohaviy
xizmatlari hamda Faxriylar kengashi a’zolari bilan Qarshi shahridagi Jayhun
ko‘chasida umumxalq xayriya hashari doirasida bo‘lib o‘tgan yig‘inda tegishli
chora-tadbirlar belgilandi.
So‘ngra, ichki ishlar organlari xodimlari, vazirlik
Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchilari, o‘quvchilari va faxriylar Qarshi
shahridagi Jayhun ko‘chasi bo‘ylab, ming donaga yaqin mevali va manzarali
ko‘chatlar ekishdi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga
oshirilayotgan tizimli ishlar hashar tufayli yanada keng quloch yoyib,
yurtimizda yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan insonlar mazkur umummilliy
loyihada faol ishtirok etib, korxona-tashkilot, sektor hududlari, maktabgacha
ta’lim dargohlarida tadbir uyushqoqlik bilan davom etayotgani bunga yaqqol
misol.