“Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik tanlovi
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy, xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarliklarini oshirish, bilim saviyasini oshirish maqsadida tez-tez nazariy va amaliy bellashuvlar hamda sport musobaqalari o‘tkazish an’anaga aylangan.
Tanlov va musobaqalar asosida shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirib, eng iste’dodli va istiqbolli kadrlarni aniqlab, rag‘batlantirish va qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy, jangovar, kasbiy tayyorgarlik faoliyatini tizimli ravishda tashkil etish orqali yosh xodimlami vatanparvarlik g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridigi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda sohada xizmat qilayotgan tergovchilar va surishtiruvchilar ishtirok etishdi.
Ko‘rik-tanlovda tergovchilarning nazariy bilimlarini sinash maqsadida test sinovlari olindi. Xodimlar turnikda tortilish, o‘q otish mashqlari, 100 va 1000 metrga yugurish sinovlarini topshirdi. Yakuniy shartda esa ishtirokchilar bilan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar bo‘yicha og‘zaki savol-javobda ishtirok etishdi. Ular bilan o‘tkazilgan psixologik testda xodimlarning ruhiy holati va boshqa xislatlari o‘rganildi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra “Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik-tanlovida Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi Tergov guruhi tergovchisi katta leytenant Shonazar Abdishukurov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi mayor Jasur Muzaffarov va Mirishkor tumani IIB tergov guruhi surishtiruvchisi kapitan Nafosat Xolmirzayeva navbatdagi sovrinli o‘rinlarni band etdi.
O‘zaro tajriba almashish va kasb mahoratini oshirishga yo‘g‘rilgan musobaqa g‘oliblari ko‘rik tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.