91,7 gramm marixuana
“Xavfsiz hudud” va “Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari boʼlgan, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2021 yil 8 noyabr kuni viloyat Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Shahrisabz shahar, “Teparlik” MFY hududida tezkor tadbir oʼtkazilganda bir fuqaro ning bejo harakatlari tadbir ishtirokchilarida shubha uygʼotdi. Uning yonida boʼlgan narsa va buyumlar koʼzdan kechirilganida, qoʼlidagi koʼk rangli yelim paket ichida oʼttiz ikki dona gugurt qutida va olti dona qogʼoz parchalariga oʼralgan “koʼknori” oʼsimligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Surishtiruvlar davomida Shahrisabz tumani “Hisor” MFYda yashovchi A.U. gugurt qutilarida 91,7 gramm marixuana giyohvandlik vositasi olib ketayotgan ekan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.