800 kg goʼsht ushlandi
Odatda koʼpchilik biror joyga sayohat yoki ishga otlanganda kunduzi yoʼlga chiqishni afzal biladi. Аmmo baʼzi niyati buzuq shaxslar esa qingʼir ishlarini tunda amalga oshirishga urinadi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin boʼlinmasi va boshqarma YXHB xodimlari hamkorlikda, Chiroqchi tuman hududida joylashgan, "Umakay" muntazam YPX maskanida 2021 yil 6 mart kuni soat 03.10larda “Qashqadaryo-Toshkent” yoʼnalishida harakatlanib kelgan, Koson tumanda yashovchi А. B.boshqaruvidagi "Kobalьt" rusumli avtomashinani toʼxtatishdi.
Haydovchining shubhali harakatlari bejizga emas ekan. Аvtomashinaning saloni va yukxonasi koʼzdan kechirilganda, hech qanday veterinariya maʼlumotnomalarisiz har hil qora selofan paket va qogʼoz karopkalarda suyaksiz jami 800 kg ogʼirlikdagi goʼsht mahsulotlari borligi aniqlandi. Goʼsht mahsulotlari Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza loboratoriyasida tekshirilganda, isteʼmolga yaroqsizligi maʼlum boʼldi.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.