80 dona “Ko‘knor” boshog‘ini 20.000.000 so‘m evaziga sotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Giyohvandlik moddalari va vositalari faqat kasalliklarga sabab bo‘libgina qolmay, oqibati og‘ir jinoyatlarga ham yo‘l ochadi. Shu bois har doim jamiyatda unga qarshi keskin kurashilgan. Jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari giyohvandlikni oldini olish, bu borada ro‘y bergan jinoyatlarni fosh etish maqsadida uzluksiz chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Yaqinda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbiri davomida yana bir og‘ufurushning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, G‘uzor tumanida yashovchi G‘iyos xaridorga 80 dona “Ko‘knor” boshog‘ini 20.000.000 so‘m evaziga sotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Olingan ko‘knor boshoqlarining sof og‘irligi 80 gramm tosh bosdi.
Holat yuzasidan G‘uzor tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.