"8-mart – Xotin qizlar kuni" munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi
Jamiyatning barcha sohalaridagi kabi huquq-tartibot organlarida xizmat qiluvchi xotin-qizlar soni ortib borayotgani quvonarli holdir.
Shu bilan birgalikda xotin-qizlar uchun munosib ish sharoitini yaratish hamda ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan uyushtirilgan bayram kechasiga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar va sohaning faxriy ayollari hamda xizmat vazifasini bajarish paytida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari taklif etildi.
Bayram tantanasida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi o’rinbosari polkovnik A.Allanazarov soʻzga chiqib, ishtirokchilarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek sana munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan taqdirlangan bir guruh xodimalarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va jozibador raqslar bayram tantanasiga oʻzgacha zavq baxsh etdi.