8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xoʻjanov, senator, professor Abdurahim Erkayev, shoir Rustam Ochil, Turdi Xaydar, Yozuvchilar uyushmasi raisi Davron Sultonov, Oltin meros jamgʻarmasi boshligʻi Sharofat Ashurova, jurnalist Husan Temirov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova va M.Toshmuhammedov nomidagi drama teatri jamoasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni akademik litsey direktori podpolkovnik K.Sh.Nazarov kirish soʻzi bilan ochib berdi va barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi.
Shundan soʻng soʻzga chiqqanlar Konstitutsiyamizning qabul qilinish tarixi, kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kundagi tutgan oʻrni haqida oʻquvchilarga maʼlumot berishdi.
Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.