16 May 2020 yil 788

73 yoshli ogʼufurish

Hayotda yengilning ostidan, ogʼirning ustidan yurishga odatlanish odamni tanbal qilib qoʼyadi. Bu toifa shaxslar moʼmay pul topish uchun har qanday noqonuniy xatti-harakatdan tap tortmaydi. Bu toifa shaxslar keyingi paytlarda koʼproq oʼzgalar hayotini zaharlab boʼlsa-da,  boylik orttirish ilinjida giyohvandlik domiga tushib qolmoqda.

Gʼuzor tumani hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 2020 yil 14-may kuni soat 12:30 larda oʼtkazilgan “Qoradori-2020” maxsus profilaktik tadbiri davomida tumanning Boʼston mahallasida Narmaxmat Ishankulovning yashash xonadoni koʼzdan kechirilganida, 14 tup, giyohvandlik oʼsimliklari yetishtirilayotganligi aniqlandi.

Yoshi 73ga toʼlgan bu otaxon endi tergovchilarga “KOʼKNOR” oʼsimligini nima maqsadda yetishtirayotganini aytib berishi tayin.

Mazkur holat yuzasidan Gʼuzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi jinoyat ishi qoʼzgʼatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech