9 Sentyabr 2021 yil 436

71 yoshli onaxon 29 yil deganda Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi

 

Lyuli Qoraqulova 1992 yilda maʼlum sabablarga koʼra Tojikiston Respublikasidan Nishon tumani, Talimarjon shaharchasiga koʼchib kelgan. Lekin yaqingacha fuqaroligi yoʼq shaxs guvohnomasi bilan yashab kelgan.
-Oʼzbekiston Respublikasiga kelganimga ham 29 yildan boʼldi. Boshqalar kabi saylovlarda qatnashib, oʼz ovozimni berish armon boʼlib qoladi, deb oʼylardim.
Mana, Muhtaram Yurtboshimiz olib borilayotgan oqilona siyosatning shabadasi mengayam roʼshnolik bagʼishladi,- deydi koʼzida yosh bilan 71 yoshni qoralagan Lyuli momo.

Oʼzbekiston Respublikasi pasportini olarkan, L.Qoraqulova Nishon tumani 3-sektor ishchi guruhi va Nishon tumani IIB 13-sonli IIB Ichki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi xodimlariga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.

Text to speech