2022 yil 28 mart kuni Qarshi shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qarshi shahrida yashovchi og‘u shaydosining kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, shaharning “Roguzar” MFYda yashovchi R.G‘. 10 dona gugurt qutisiga joylangan marixuana giyohvandlik moddasini 7.000.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Marixuana giyohvandlik moddasi taroziga qo‘yilganda 30,47 gramm tosh bosdi.
Ayni kezlarda Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: