5 Dekabr 2022 yil 670

5400 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari ushlandi

Qarshi shahar hududida Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bo‘yicha o‘tkazilgan “reyd” tadbiri davomida yana bir shaxsning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, 2022 yil 4 dekabr kuni soat 12:00 larda boshqarma JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoni xodimlari tomonidan  Qarshi shahar, Xonobod shoh ko‘chasida shubha uyg‘otgan fuqaro to‘xtatildi.

Fuqaroning qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi X.S. Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan 90 quti ya’ni, 5400 dona “Britanik” pirotexnika vositasi borligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, hududiy profilaktika inspektoriga topshirildi.

Viloyatda “Pirotexnika” tadbiri davom etmoqda.

Text to speech