54 yoshida orzulari ushaldi
Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan viloyat hududida yashovchi, hujjatsiz yurgan shaxslarni aniqlash ularga hujjat berish yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
O’rganishlar davomida, 1968 yilda Toshkent viloyati, Bekobod shahrida tug’ilgan Karimova Sevara Abdumannonovna dastlab Jizzax viloyatining turli hududlarida yashab, dehqonchilik bilan shug’ullanganligi, 1997 yilda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumaniga ko’chib kelib, noma’lum sabablarga ko’ra hech qanday pasportsiz, hujjatsiz turli manzillarda ijarada yashab kelayotganligi aniqlandi.
Karimova Sevara Abdumannonovaning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Jizzax viloyati IIB, Toshkent viloyati Bekobod shahar FHDYO idoralariga so’rov xatlari yuborilib javob xatlari olindi.
O’rganish yakunlariga ko’ra S.A.Karimova nomiga Qarshi shahar IIO FMB M va FRB tomonidan 15.04.2022 yilda O’zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi berildi