8 Sentyabr 2022 yil 543

5 tup kannabis aniqlab olindi

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Qoradori-2022” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalarini yetishtirish bildan bog‘liq holatlar fosh etilmoqda. Jumladan, viloyat IIB XTTB xodimlari tomonidan Shahrisabz shahar “Teparlik” MFYda yashovchi A.G.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 5 tup kannabis giyohvandlik moddasini parvarishlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech