4 to‘p kannabis aniqlab olindi
Joriy yil 19 iyul kuni Qashqadaryo viloyat IIB TQX JQB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda og‘u yetishtirsh bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Jumladan, Qarshi shahar “Chaqar” MFYda yashovchi B.R. o‘zining yashash uyi hovlisidagi tomorqasida 4 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Bundan tashqari B.R.ning yotoqhonasidan selofan paketga o‘ralgan holatda 0,5litr plastmassa idish marixuana giyohvandlik vositasi ham topildi. Yotoqxonadan olingan marixuana taroziga qo‘yilganda 3,2 gramm tosh bosdi.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan b.R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.