25 Avgust 2022 yil 271

342,7 gramm marixuana

Yakkabog‘ tumani IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qiluvchi shaxslarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir og‘u shaydosining kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, Yakkabog‘ tuman “Istiqbol” MFYda yashovchi P.A. tomorqasida 2 tup t kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Bundan tashqari, P.A. ning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik xonalari ko‘zdan kechirilganda yerto‘lasida 342,7 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topildi.

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech