6 Iyul 2022 yil 282

318,78 gramm “marixuana”

Giyohvandlik va psixotrop moddalari bilan qonunga xilof ravishda  savdo qilish jinoyat. Ko‘pchilik fuqarolar buni yaxshi bilchsalar-da, o‘zgalar hayotini zaharlash evaziga mo‘may daromad topish payida bo‘ladilar. Jumladan, Qarshi shahrida yashovchi Ch.SH. 2022 yil 22 iyun kuni “marixuana” giyohvandlik moddasini Qarshi tumani “Guliston” MFYda yashovchi N.A.ga 300.000 so‘mga sotgani izquvarlar tomonidan aniqlandi. N.A.ning ko‘rsatuvlari asosida shu kuni Sh.CH.ning uyi ko‘zdan kechirilganda, xonadonidan 72 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilarda hamda 102 dona oq qog‘oz bo‘laklariga uralgan holatda “marixuana” giyohvandlik moddasi topildi. Olingan barcha “marixuana” giyohvandlik moddasi taroziga qo‘yilganda 318,78 gramm chiqdi.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech