3-sektorga qarashli mahalladagi zaxkash tozalanmoqda
Iqlim sharoitiga koʼra Qarshi shahridagi “Otchopar” mahalla fuqarolar yigʼini korxona va tashkilotlar koʼp joylashgan, oqava suv taʼminoti yaxshi hudulardan sanaladi. Shu bois bu mahallada ortiqcha sizova suvlarni chiqarib yuborish uchun zaxkashlar tashkil qilingan.
Viloyat IIB boshligʼi, 3-sektor rahbari polkovnik Sh.Satvoldiev yaqinda mahallada boʼlib, hududdagi oqava suvlar tushadigan zaxkashni tozalash boʼyicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Natijada mahalladagi oqava suvlarni shahardan chiqarib yuborish uchun zaxkashlarni toʼliq tozalash boshlandi. Zaxkashdan olingan loy va tuproqlar, atrofidagi chiqindilar tozalanib suv yoʼli ravonlashtirilmoqda. Bundan tashqari zaxkash atrofini obodonlashtirish borasida ham ishlar jadal ketmoqda.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.