22 Iyul 2022 yil 239

3-sektorda yashovchi fuqarolar muammolari oʼrganildi

 

Qashqadaryo viloyati hokimi va viloyat Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi, polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Yakkabogʼ tumani hokimligida sayyor qabul oʼtkazdi. Sayyor qabulda 3-sektorga qarashli maallalarda yashovchi 18 nafar fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari koʼrib chiqildi.
Murojaatlar asosini oʼzini oʼzi band qilish, bank krediti asosida tadbirkorlikni boshlash, ishga joylashish, harbiy xizmatga borish uchun toʼlovni amalga oshirishga oid masalalarni tashkil etdi.
Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning 3 tasining joyida yechimi topildi. Qolgan murojaatlar esa oʼrganish uchun vaqt talab etgani bois aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda har bir murojaat ish yurituviga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Jumladan, tumandagi 3-sektorga qarashli “Uygʼur”, “Darxon” va “Ulamji” mahallalarida yashovchi 3 nafar ayolga oʼzini oʼzi band qilishi uchun tikuv mashinakalari berildi.
Tadbir yakunida viloyat IIB boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev “mahallabay” va “fuqarobay” tizim asosida manzilli ishlarni jadallashtirish har bir xonadonga kirib, “Yoshlar”, “Аyollar” va “Temir” daftarlarga kiritilgan fuqarolarni kundalik muammolarini birma-bir oʼrganish, nogiron, boquvchisini yoʼqotgan insonlarning holidan xabar olish borasida tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga koʼrsatmalar berdi.

Text to speech