21 May 2021 yil 539

3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Xalq qabulxonasi viloyat boʼlimi, Jinoyat ishlari boʼyicha viloyat sudi rahbarlari hamrohligida Qamashi tumani Sarbozor mahalla fuqarolar yigʼinida yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Unda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari va 3-sektorga biriktirilgan ishchi guruhi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda 68 nafar yoshlar ishtirok etib, ishga joylashish, bank krediti asosida tadbirkorlik qilish, payvandlash apparati va xotin-qizlar uchun tikuv mashinalari ajratish hamda boshqa maishiy sohaga oid murojaatlari tinglandi. Tadbirda yoshlarning 26 nafaridan tushgan murojaatlarning 9 tasi joyida hal etildi. Jumladan, tumanning Mangʼit mahallasida yashovchi B.Аshirovga payvandlash apparati, Ibn Sino mahallasida yashovchi H.Sharopovaga tikuv mashinasi berildi. Bunday imkoniyatlardan tumanning boshqa mahallalarida yashovchi 6 nafar yoshlar ham, bahramand boʼlib, ular ish bilan taʼminlandi.
Sayyor qabulda mablagʼ va vaqt talab etadigan 17 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, yechimini topish boʼyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech