6 Aprel 2023 yil 285

3-sektor rahbari - Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev Qarshi shahar “IT markaz”da uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi

Qarshi shahridagi “IT markaz”da Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyevning biriktirilgan toifalangan uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Ochiq muloqot ruhida davom etgan uchrashuvda yoshlarni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar muhokama etilib, joyida bartaraf etildi.

 Tadbirda yoshlar bilan manzilli ishlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilib, doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida telegram guruhlari tashkil etildi.

Yoshlarni muammolarini bartaraf etish, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan manzilli rejalar tuzilib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbirda IIV Akademiyasi mas’ul xodimi polkovnik Ismoil Ximmatov qatnashib, fikr-mulohazalarini bayon etdi.                                                       

Uchrashuv yakunida yoshlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a  qilindi.

Text to speech