7 Aprel 2023 yil 263

3-sektor rahbari fuqarolarni qabul qildi

Fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, ularni murojaatlarini tinglab, muamolariga yechim topish bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri. Bu borada Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning qo‘yi tizimlari rahbarlari tomonidan joylarda qator qabullar uyushtirilmoqda. Qabullarda asosiy e’tibor “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” bosh g‘oyasi asosida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari ta’minlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida boshqarma boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiev fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Qabulda murojaatlarning asosini ichki ishlar organlariga ishga kirish, shuningdek, ijtimoiy himoya masalalari hamda tergov surishtiruv harakatlari bilan bog‘liq murojaatlarni tashkil etdi.

Sayyor qabulda fuqarolarning sohaga murojaatlari ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqaroga huquqiy tushunchalar berilib, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan muammolar ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech