3-sektor rahbari G`uzor tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazildi.
Qashqadaryo
viloyatining G`uzor tumanida joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq
sohasidagi murojaatlarga samarali yechim topish maqsadida Qashqadaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxratjon Satvoldiyev ommaviy sayyor
qabul o‘tkazdi. Unda G‘uzor, Dehqonobod,
Qamashi, va Nishon tumanlari aholisining 40 ga yaqin masalalariga oid
muammolari o‘rganildi.
Viloyat IIB boshlig‘i
fuqarolar bilan ochiq muloqot qilib, takliflarni har tomonlama chuqur
o‘rganib qonuniy hal etish maqsadida ularni qiynayotgan muammolarini
tingladi.
Sayyor qabulda jami 37 dan
ortiq murojaatlar tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida kechgan qabulda 21
nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. 16 nafar fuqaro murojaatlari
ijroga qaratildi.
Qabulda
aholini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.