30 Sentyabr 2021 yil 469

3-sektor rahbari tadbirkorlar bilan uchrashdi


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Qarshi shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Unda viloyatning Qarshi shahri, Kasbi, Koson tumanda istiqomat qilayotgan tadbirkorlar va
3-sektor ishchi guruhi, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot ruhida oʼtgan uchrashuvda 25 nafar tadbirkorlarning yer masalasi, kadastr hujjatlari, va boshqa maishiy muammolar bilan birga yoʼl harakati xavfsizligi xizmati bilan bogʼliq 11 ta muammolari tingandi. Barcha murojaatlar mablagʼ va vaqt talab etgani bois, ijrosi nazoratga olinib, yechimini topish boʼyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech