22 Iyul 2022 yil 234

3-sektor rahbari mahalla raislari bilan o‘quv seminari o‘tkazdi

    Mamlakatimizda yaqinda o‘tkazilgan mahalla fuqarolar yig‘inlariga yangi saylangan mahalla raislarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi bilimlarini yanada oshirish, aholiga bugungi islohotlar mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq yetkazish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan o‘quv seminarlari o‘tkazilmokda. Ana shunday o‘quv seminari yaqinda Qarshi davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev ishtirok etib, vohaning Mirishkor, Muborak Nishon va Kasbi tumanlarida yangidan faoliyat boshlagan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda “fuqarobay”, “xonadonbay”  ishlash mexanizmini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar hamda oila-turmush doirasidagi nizolarni oldini olish, aholi bandligini ta’minlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida zarur ko‘rsatma va tavsiyalarni berdi.

      Bugungi kunda inson qadri ulug‘lanayotgan mamlakatimzda mahalla instituti imkoniyatlaridan unumli foydalanish, bunda profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda ayollar bo‘yicha maslahatchilar faoliyatini yanada samaraliroq muvofiqlashtirish masalasi nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlandi.

Text to speech