1 May 2024 yil 311

3-sektor rahbari Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahar sektor rahbarlari hamrohligida “Istiqlol” mahallasida bo‘ldi.

3-sektor rahbari Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahar sektor rahbarlari hamrohligida “Istiqlol” mahallasida bo‘ldi. Boshqarma boshlig‘i mahalla yettiligi bilan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, xorijiy davlatlarga ishlash yoki boshqa maqsadlarda uzoq muddatga chiqib ketgan va qaytib kelgan fuqarolarni bandligini ta’minlash, xorijiy fuqarolar va tumanlardan kelib ijarada yashayotgan shaxslarni turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rganish borasida zaruriy, ko‘rsatmalar hamda taklif va tavsiyalar berdi.
Mahalla hududida joylashgan "SULTON TEX GROUP" xususiy korxonasida bo‘lib, faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Korxonda tayyor mahsulotlar, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib, yoshlarni bandligini ta’minlash uchun yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech