3 Dekabr 2024 yil 464

3-dekabr — “Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni”. Mazkur sana har yili yurtimizda keng ko‘lamda nishonlanib, bu boradagi ezgu ishlarimiz yana bir bor saralanadi

Ayniqsa, shu kuni hasta va bemorlar, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz kishilar, mehrga muhtojlar holidan xabar olinadi. Bugun tumandagi "Shohsaroy" koshonasida imkoniyati cheklangan, ko‘ngli o‘ksik tumandoshlarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari, nuroniy otaxonlar ham ishtirok etishdi. Tadbirni tuman hokimi ochib berib, sana munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

So‘ngra, volontyor yoshlarning chiqishlari hamda san’at ustalari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy va qo‘shiqlar yangradi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, ko‘ngli o‘ksik insonlarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Text to speech