13 Aprel 2021 yil 983

Zaxriqotil shaydolari qoʼlga olindi

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turimni taʼminlash boshqarmasi hamda boshqarma tezkor xodimlari va Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbiri davomida, Shaxrisabz shahar Pillakashlik MFYda yashovchi T.F hamda, Shaxrisabz shahar Pillakashlik MFYda yashovchi T.R, fuqaro А.N.ga 2 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutilarga joylangan yashil rangli, oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik talqonini 1.100.000 soʼmga kelishib, sotgan vaqtida ushlandi.Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turimni taʼminlash boshqarmasi hamda boshqarma tezkor xodimlari va Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbiri davomida, Shaxrisabz shahar Pillakashlik MFYda yashovchi T.F hamda, Shaxrisabz shahar Pillakashlik MFYda yashovchi T.R, fuqaro А.N.ga 2 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutilarga joylangan yashil rangli, oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik talqonini 1.100.000 soʼmga kelishib, sotgan vaqtida ushlandi.Surishtiruv jarayonida fuqarolar T.F va T.R.lar ushbu 2 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutilarga joylangan yashil rangli, oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik talqonini tanishi, Shaxrisabz shahar Gʼ.Gʼulom MFYda yashovchi U.M.dan sotib olganiligi aniqlandi. Surishtiruv ishlari davomida U.M yuqorida koʼrsatilgan 2 dona gugurt qutilarga joylangan giyohvand moddalarni oʼzining tanishi, Shaxrisabz shahar I.Yoʼli MFYda doimiy roʼyxatda turib, Shaxrisabz shahar Zingiron MFYda yashovchi O.Sh.dan 800.000 (sakkiz yuz ming) soʼmga sotib olganligi, ushbu giyohvand moddalarni sotib olish uchun T.F bergan 1.100.000 (bir million yuz ming) soʼm pullardan 300.000 (uch yuz ming) soʼm pullarni oʼz extiyojlari uchun olib qolganligi aniqlanib, 300.000 (uch yuz ming) soʼm pullar O.Sh.dan tegishli tartibda xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi. Surishtiruv xarakatlari davomida, fuqaro O.Sh.ning yashash uyi koʼzdan kechirilganda, uning yashash uyi yertoʼlasidan “SPIChKI” yozuvli katta korobkaga solingan 2 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutilarga joylangan va 1 dona 1000 soʼmlik kupьyuradagi pulga oʼralgan yashil rangli, oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik talqoni, 284 dona “SPIChKI” yozuvli boʼsh gugurt qutilari, 1 dona “АOTE” yozuvli elektron tarozi hamda 1 dona “Anaar” yozuvli qadogʼi yopishtirilgan yelim idishlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olinib, Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan fuqarolar T.F, T.R, U.M va O.Sh.larga nisbatan Oʼz.R JKning jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech