25 Oktyabr 2020 yil 1136

25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan

IIV tizimidagi barcha bosh boshqarmalar, taʼlim muassasalari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIBlari va Toshkent shahar IIBB rahbarlari ishtirokida videoselektor yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Pulat Bobojonov raisligida oʼtgan videoselektorda kasb bayrami munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari davlatmizning yuksak orden va medallari bilan mukofotlangani qayd etildi.

Ular orasida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev II darajali “Shon-sharaf” ordeni, boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi podpolkovnik Muxidin Narqabilov “Sodiq xizmatlari uchun” medali va boshqarma Patrulь-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muhim topshiriqlar boʼyicha inspektori mayor Аxror Kurbanov “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan taʼkidlandi.

Vazir mukofotlanganlarni samimiy qutlab, yurt tinchligi, el osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini “issiq izlar”da fosh etib Yurtboshimiz ishonchini oqlash har bir ichki ishlar organlari xodimining burchi va sharafli vazifasi ekanligini bildirdi.

Text to speech