250 million soʼmga baholangan yer
Qashqadaryo viloyati IIB JQB K va IJQKB yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʼlinmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda Chiroqchi tumani “Toshli” MFY da yashovchi fuqaro Sh.Sh. fuqaro I.ga oʼzining qarindoshi T.S. rahbarlik qilib kelayotgan fermer xoʼjaligining Koson tumanida joylashgan 10 gektar lalmi yer maydonini 250,0 million soʼmga sotishga kelishib, shundan 200,0 million soʼm pullarni olgan vaqtida ashyoviy- dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.