2 Iyun 2022 yil
618
25 tup kannabisni parvarishlayotgan ekan
Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Qoradori-2022” tezkor profilaktik tadbiri davomida shaharning “Qo‘shxovuz” MFYda yashovchi K.B. uyi hovlisida 25 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi. Olingan kannabis o‘simligi taroziga qo‘yilganda 420 gramm tosh bosdi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.