14 Noyabr 2024 yil 1090

25-oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish borasidagi o‘z xizmat vazifasiga sidqi dildan yondashib, hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh yosh xodimlarning ota-onalariga Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning minnatdorchilik xatlari yuborilgan.

Eʼtiborlisi huddi shunday minnatdorchilik xatiga Mirishkor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori leytenant Choriyev Asqarali Bayramali o‘g‘lining ota-onasi ham munosib deb topilgan.

Ushbu minnatdorchilik xati va esdalik sovg‘asi Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Talat Abdumanobovich tomonidan xodimning ota-onasiga topshirilib, boshqarma boshlig‘ining minnatdorchiligi ham yetkazildi.       

Albatta bu kabi ko‘rsatilayotgan rag‘batdan kelgusida xar qanday xodim ham vijdonan va sadoqat bilan ishlashi shubxasizdir.

Text to speech