25-noyabr kunidan 10-dekabr kuniga qadar " Zo'ravonliksiz 16 kun " shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda
BMT Bosh
Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiya bilan 25 noyabr "
Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni" munosabati
bilan joriy yilning 25 noyabr kunidan 10 dekabr kuniga qadar "
Zo'ravonliksiz 16 kun " shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda.
Yaqinda Koson
tumanida mavzu doirasida tadbir bo`lib o`tdi. Unda viloyat Reabilitatsiya
markazi rahbari K.Ismoilova, tuman hokimi o'rinbosari A.Ashurova, tuman prokurori yordamchisi O.Sanoyev, tuman IIB
JXX HPB XQMB katta inspektori F.I.Chorshanbiyeva hamda
boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.
Tadbir
davomida 2023 yil 11 aprel kunidagi "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari,
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada
takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi ayrim qonun
hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi Qonuni
hamda unda ko'rsatilgan o'zgartirish va qo'shimchalar mazmun- mohiyati
ishtirokchilarga tushuntirildi.