25-noyabr "Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan Kasbi tumanida tadbir tashkil etildi.
BMT bosh assambleyasining
1999- yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan
25-noyabr "Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni"
deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-sonli maktabda tuman IIB JXX XPB XQMB katta inspektori kapitan M.Mirzayeva, tuman hokimiyati oila va xotin qizlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari D.Ismoilova, maktab rahbariyati hamda maktab oʻquvchi qizlari ishtirokida "Biz zoʻravonlikka qarshimiz" shiori asosida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda joriy yilning 11 apreldagi Oʻzbekiston respublikasi 829 sonli qonuniga binoan ayrim normativ hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida hamda xotin - qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni, voyaga еtmaganlar oʻrtasida erta tugʻruq va erta turmushni oldini olish borasida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Yakunda ishtirokchilarning savollariga
mutaxassislar javoblar berishdi.