25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni
Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 1999
yilning 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr- Xalqaro ayollarga
nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan "16 kun zo‘ravonlikka
qarshi" shiori ostida Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi, tuman IIB JXX HPB XQMB,
tuman Oila va xotin-qizlar bo‘linmasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Kitob tumanidagi "Beshterak" MFYda
mahalla xotin- qizlar ishtirokida tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda joriy yilning 11 aprel kunidagi
“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini
ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”dagi Qonuni mazmuni va qonunchilikka kiritilgan o‘zgatirishlar
haqida ma’lumot tuman IIB HPB XQM bo‘yicha katta inspertor mayor D.Sevinova,
podpolkovnik M.Kenjayeva tomonidan tushuntirildi.
Tadbirda kitobxon ayol mavzusi yoritilgan
rasmlar tanlovi va musiqiy dastur tashkil etildi.